Iqtisodiy hamkorlik
Ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik to'g'risida
I. Shartnomaviy-huquqiy baza O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning 183 ta ikki tomonlama hujjatdan iborat. Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjatlar Davlatlararo munosabatlar asoslari to'g'risidagi Shartnoma (Toshkent sh., 1991-yil 6-noyabr) va Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi Deklaratsiya (Minsk sh., 2026-yil 9-iyul) hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o'rtasidagi savdo munosabatlarida erkin savdo rejimi amal qiladi. Hamkorlik hukumatlararo kelishuvlar bilan tartibga solinadi: «Savdo munosabatlari to'g'risida» va «Ikki tomonlama soliq solishdan qochish to'g'risida».
II. Qo'shma hukumatlararo komissiya ikki tomonlama hamkorlikni muvofiqlashtirishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. 2026-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi (8-9-iyul) doirasida Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi Deklaratsiya, shuningdek, 2026-2030-yillarga mo'ljallangan savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi («Yo'l xaritasi») imzolandi.
III. O'zaro savdo.
2017-2025-yillar davrida tovar aylanmasining dinamikasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
mln. doll.
|
2017 |
2018 |
2019 |
2020 |
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
2025 |
|
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Tovar aylanmasi |
181,7 |
419,9 |
330,8 |
262,1 |
377,3 |
536,1 (+41,5%) |
620,1 (+14,8%) |
714 (+9,1%) |
965 (+24,7%) |
|
Eksport |
26,8 |
43,1 |
47,6 |
42,5 |
58,5 |
126,5 (в 2,1 р.) |
119 (-7,6%) |
163,2 (+26,7%) |
186,5 (+6%) |
|
Import |
154,9 |
376,8 |
283,2 |
219,5 |
318,8 |
409,6 (+28,3%) |
501,1 (+21,7%) |
550,8 (+4,7%) |
778,5 (+30,2%) |
2026-yil yanvar-iyun oylarida tovar aylanmasi – 527 mln. doll. (+28,5%), shu jumladan eksport – 104,1 mln. doll. (+18,4%), import – 422,9 mln. doll. (+31,3%).
2026-yilning 6 oyi uchun eksport tuzilishi: sanoat tovarlari (38,6 mln. doll.), turli tayyor mahsulotlar (26,1 mln. doll.), oziq-ovqat mahsulotlari (14,9 mln. doll.), xizmatlar (9,9 mln. doll.), kimyo sanoati mahsulotlari (8,2 mln. doll.), mashina va transport uskunalari (4,2 mln. doll.), yoqilg'idan tashqari nooziq-ovqat xom ashyosi (1,1 mln. doll.), ichimliklar va tamaki mahsulotlari (0,56 mln. doll.), mineral yoqilg'i (0,56 mln. doll.).
2026-yilning 6 oyi uchun import tuzilishi: oziq-ovqat mahsulotlari (188,8 mln. doll.), yoqilg'idan tashqari nooziq-ovqat xom ashyosi (74,2 mln. doll.), sanoat tovarlari (55 mln. doll.), mashina va transport uskunalari (35,8 mln. doll.), kimyo sanoati mahsulotlari (32,4 mln. doll.), xizmatlar (15,8 mln. doll.), mineral yoqilg'i va moylash materiallari (12,9 mln. doll.), turli tayyor mahsulotlar (7,5 mln. doll.).
IV. Investitsiyaviy va mintaqalararo hamkorlik.
O'zbekiston Respublikasida Belarus kapitali ishtirokidagi 244 ta korxona faoliyat yuritadi (Belarusda – 229 ta o'zbek kompaniyasi). 2025-yilda O'zbekistondagi Belarus investitsiyalari hajmi 104,4 mln. doll.ni tashkil etdi.
2017-yildan buyon O'zbekiston va Belarus mintaqalari o'rtasida 40 dan ortiq o'zaro tashrif amalga oshirildi. 2025-yilda Navoiy va Orsha, Termiz va Polotsk shaharlari o'rtasida hamkorlik to'g'risida kelishuvlar imzolandi. 2026-yil 8-iyulda Minsk shahrida oliy darajadagi tashrif doirasida ikki davlat mintaqalarining uchinchi forumi bo'lib o'tdi.
V. Madaniy-gumanitar hamkorlik.
Belarus ijodkor jamoalari «Sharq taronalari» xalqaro musiqа festivalida muntazam ishtirok etadi. O'zbekiston vakillari «Oltin asalari» va Vitebsk shahridagi «Slavyan bozori» festivallarida qatnashadi. 2025-yil 4-5-noyabrda O'zbekistonda Belarus madaniyati kunlari, 2026-yil 7-8-iyulda Belarusda O'zbekiston madaniyati kunlari o'tkazildi. 2026-yil 8-iyulda Minsk shahrida O'zbekiston-Belarus do'stlik xiyobonini ochish marosimi bo'lib o'tdi.
Ta'lim sohasida hamkorlik kengaymoqda. Qo'shma ta'lim dasturlari amalga oshirilib, talabalar ikki tomonlama diplom oladilar. 2025-yil 7-8-oktabrda Farg'ona shahrida ikkinchi O'zbekiston-Belarus ta'lim forumi bo'lib o'tdi. 2023-yil noyabrda «O'zbekiston – Belarus sog'liqni saqlash va tibbiy ta'lim kunlari» birinchi tibbiy forumi o'tkazildi, uning natijalariga ko'ra 120 dan ortiq kelishuv imzolandi.