
Minsk. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi an’anaviy ravishda ikki xalqning tarixiy xotirasi va umumiy qadriyatlariga hurmat bajo keltirishdan boshlandi.Delegatsiya a’zolari fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning ramzi hisoblangan mashhur "Shon-sharaf qo‘rg‘oni" memorial majmuasini ziyorat qilib, gulchambarlar qo‘ydilar. Ta’kidlash joizki, Belarus tuprog‘ini ozod qilishda 2 millionga yaqin o‘zbekistonlik ishtirok etgan bo‘lib, ularning 32 nafari yuksak qahramonlik unvoniga sazovor bo‘lgan.