
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat rahbarlarining topshiriqlarini bajarish doirasida hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan iborat.
Uchrashuv yakunida tomonlar batafsil "yo‘l xaritasi"ni tasdiqladilar va 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan Gomel va Navoiy viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha batafsil chora-tadbirlar rejasini imzoladilar.