
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus poytaxtiga kelgach, bugun G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlari tantanali ravishda yurib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari muzokara o‘tkazadilar.