
Minsk shahrida Belarusdagi yosh vatandoshlar kengashining birinchi ta’sis yig‘ilishini o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu tadbir O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi xodimlari va Mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ko‘magida tashkil etildi.
Elchixona binosida Belarusning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Mogilyov va Grodno shaharlaridagi talabalar ham onlayn tarzda qo‘shildi.
Yig‘ilish davomida kengash tarkibi shakllantirilib, rais saylandi. Shuningdek, uning nizom va yillik ish rejasi tuzib chiqildi. Tezkor axborot olish, o‘zaro yordam ko‘rsatish va fikr almashish uchun kengashning rasmiy telegram-kanali ishga tushirildi.
Tadbir davomida kengashning maqsad va vazifalari muhokama qilinib, kelgusi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Ishtirokchilar ishlarni tashkil etish borasida o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.