O'zbekiston 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 17 ta davlatga qiymati 51 million AQSh dollariga teng bo'lgan 25,2 ming tonna gilos eksport qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, eng ko'p yetkazib berish hajmi Rossiya hissasiga to'g'ri kelgan — 18,2 ming tonna.
Undan keyin Qozog'iston (3,6 ming tonna), Qirg'iziston (2,7 ming tonna), Belarus (232 tonna), Iroq (127 tonna), BAA (126 tonna) va Latviya (34 tonna), shuningdek, boshqa mamlakatlarga 93 tonna gilos eksport qilingan.