
Bugun Toshkentda o‘z ishini boshlagan “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro yarmarkasi va ikkinchi ikki tomonlama turistik forumda Belarusning 25 ta tashkilotidan iborat 42 kishilik delegatsiya ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarlarining joriy yil iyul oyida Minskda erishgan kelishuvlari asosida tashkil etilgan mazkur muloqot maydonida sog‘lomlashtirish, tibbiyot va ekologik turizm sohalarida o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.