Xorijda istiqomat qiluvçi vatandoş yoşlar diqqatiga: Alişer Navoiy nomidagi xalqaro özbek tili olimpiadasi ötkaziladi

Hukumat qarori bilan “Alişer Navoiy nomidagi xalqaro özbek tili olimpiadasini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida” gi nizom tasdiqlangan bölib, mazkur taşabbus xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan yoş vatandoşlarimizning ona tilimizga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaş hamda özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oşirişga qaratilgan.
Har yili ötkaziladigan uşbu nufuzli olimpiadada çet ellarda istiqomat qiluvçi 14–18 yoşli vatandoş maktab öquvçilari ixtiyoriy asosda qatnaşişlari mumkin. Iştirokçilar uçun yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda (6 nafargaça öquvçi va 1 nafar rahbardan iborat), şuningdek, oflayn yoxud onlayn şaklda qatnaşiş imkoniyati yaratilgan bölib, har bir xorijiy davlatdan 3 tagaça terma jamoa iştirok etişiga ruxsat beriladi.
1-bosqiçda (test) iştirokçilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topşiriqlarini bajaradilar. 2-bosqiçda (yozma iş) iştirokçilar Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan 5 tagaça yozma iş (esse) mavzulari orasidan qur’a taşlaş yöli bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy iş yozadilar.
Yakuniy natijalarga köra ğolib va sovrindorlar oltin, kumuş va bronza medallari, diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, medal sohiblari Özbekiston oliy ta’lim muassasalarining “Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili va adabiyoti” yönalişiga umumiy qabul kvotasidan taşqari davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi va mazkur imtiyoz 3-yil davomida amal qiladi.