
Bugun, 18-noyabr - Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun. 1991-yilning aynan şu sanasida “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi qonun qabul qilingan.
Davlat bayroği mamlakatimiz suvereniteti, mustaqilligi va xalqimizning ezgu orzu-umidlari ramzidir. U nafaqat ötmişimiz va bugunimizni boğlovçi muqaddas timsol, balki xalqaro maydondagi yuksak nufuzimiz ifodasi hamdir.
Bayroğimiz bugun dunyoning nufuzli xalqaro taşkilotlari peştoqida, yirik sport musobaqalari va ilm-fan maydonlarida Vatanimiz şa’nini uluğlab, baland hilpiramoqda. Barça yurtdoşlarimizni uşbu qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, bayroğimiz esa doimo baland bölsin!