
Grodno viloyati ijroiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Sergey Medzvetskas iştirokida Belarusning “Bellakt” OAJ korxonasida Özbekiston bozori uçun möljallangan quruq bolalar ozuqasini işlab çiqariş böyiça yangi loyihaga start berildi.
Aholi salomatligini mustahkamlaş va içki bozorni sifatli bolalar ozuqasi bilan uzluksiz ta’minlaşga qaratilgan uşbu loyiha ikki davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlar ijrosi doirasida yölga qöyildi. Unga köra, mahsulotlar özbekistonlik hamkor - “Milk House” QK MÇJning xususiy savdo belgisi ostida “STM” şaklida işlab çiqarilib, ilk partiyasi joriy yilning 23-noyabr kuni Özbekistonga yetkazib beriladi.