
“Yoşlar kuni” tadbirlari doirasida Belarus milliy texnika universitetida tahsil olayotgan özbekistonlik talaba yoşlar bilan uçraşuv taşkil etildi. Muloqot davomida istiqbolli rejalarni belgilaş, zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaş, şaxsiy mas’uliyat va taşabbuskorlik kabi muhim masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda yoşlarning öz intellektual salohiyatini töliq namoyon etişi, xorijda egallagan ilm va tajribalarini amaliyotga tatbiq etgan holda, kelajakda albatta Vatanga qaytib, yurt ravnaqiga munosib hissa qöşişlari bugungi davr talabi ekani alohida ta’kidlandi. Şuningdek, talabalarning öz ona diyorlarida innovatsion ğoya hamda startaplar bilan faol çiqişlari uçun barça şaroitlar yaratilişi qayd etildi.
Samimiy va oçiq ruhda ötgan uçraşuv yoşlarni qiziqtirgan savol-javoblarga boy bölib, ular uçun yangi marralarni zabt etişda kuçli motivatsiya manbaiga aylandi.