
– Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz,
– dedi davlatimiz rahbari.
Dastlab ichimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga to‘xtalib o‘tildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning ikkinchi bosqichiga yana 248 million dollar jalb qilinadi.
Natijada viloyatning barcha tuman va shaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.
Prezidentimiz odamlar bu o‘zgarishlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni tezlashtirishni topshirdi.