
Belarus Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya Minsk viloyatining Borisov tumanida joylashgan “Borisov tajriba o‘rmon xo‘jaligi”ga qarashli yoqilg‘i granulalari (pelletlar) ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur xo‘jalikning “Nemanitsa” yog‘ochni qayta ishlash majmuasida zamonaviy texnologiyalar asosida muqobil yoqilg‘i turlaridan biri — pelletlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.