
Minsk şahrida Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Minsk viloyati gubernatori Aleksey Kuşnarenko örtasida rasmiy muzokaralar bölib ötdi. Uçraşuvda ikki hudud örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar özaro aloqalarni yanada kengaytiriş va izçil rivojlantiriş maqsadida, istiqbolli loyihalarni közda tutuvçi 2026–2028-yillarga möljallangan hamkorlik böyiça qöşma “Yöl xaritasi”ni imzoladilar.