
2026-yil 21-oktyabr kuni Samarqanddagi Butunjahon sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Natalya Petkevichni qabul qildi. Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoya hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.