
Ushbu loyiha Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvlari doirasida tashkil etildi. Unda O‘zbekistondan 40 nafarga yaqin o‘qituvchi va talabalar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, talabalar uchun mahorat darslari, qo‘shma loyihalar va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.