
Belarus kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir dunyoning 30 ga yaqin davlatidan vakillar, diplomatlar va ekspertlarni bir maydonga jamladi.
Anjuman doirasida ishtirokchilar yangi texnologiyalar davrida mehnat huquqini tartibga solish, xodimlarni zamonaviy o‘zgarishlarga moslashtirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalarini ustuvor vazifa sifatida ko‘rib chiqishmoqda. Tadbir yakunida raqamli transformatsiya sharoitida mehnat ahlining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qo‘shma hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.