
Xiva shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlanib, mamlakatlar suverenitetini himoya qilish, an’anaviy qadriyatlarni asrash va milliy iqtisodiyotni mustahkamlash ustuvor vazifalar etib belgilandi. Muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini to‘liq ta’minlashga kelishib olindi.