Xivada “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” milliy ko‘rgazmalari o‘tkaziladi

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — ikki mamlakatning sanoat, eksport, innovatsiya va ishlab chiqarish salohiyatini namoyish etish, xotin-qiz tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va yangi hamkorlik loyihalarini shakllantirishdan iborat.
“Made in Uzbekistan” milliy ekspozitsiyasi uchun qariyb 500 kv. metr maydon ajratilib, unda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel, farmatsevtika, elektrotexnika, IT, turizm, hunarmandchilik va avtomobilsozlik yo‘nalishlari namoyish etiladi.
“Made in Belarus” milliy ekspozitsiyasi ham 500 kv. metr maydonda tashkil etilib, oziq-ovqat, yengil sanoat, mebel va derevoobrabotka, neft-kimyo, mashinasozlik, energetika, farmatsevtika va tibbiyot sohalari mahsulotlari taqdim etiladi.
Ko‘rgazmada tadbirkorlar uchun B2B uchrashuvlar, importyor va eksportyorlar muzokaralari, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha uchrashuvlar, investitsiya loyihalari taqdimotlari hamda shartnoma va memorandumlar imzolash imkoniyatlari yaratiladi.
Bu — ikki mamlakat mahsulotlarini namoyish etish bilan birga, yangi hamkorlar topish va aniq biznes kelishuvlariga erishish uchun ochiq maydon.