
Minsk shahrida ikki mamlakat yetakchi ishlab chiqaruvchilari va ishbilarmon doiralari ishtirokida yirik to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi hamda B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning yuqori sifatli tekstil mahsulotlarini Yevropa va MDH bozorlariga eksport qilish hajmini oshirish hamda ikki tomonlama kooperatsiyani kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.