Negotiations were held in Tokyo with the President of the Japan International Cooperation Agency (JICA), Akihiko Tanaka. An exchange of views took place on accelerating projects within the framework of the Cooperation Program until 2030, expanding cooperation in healthcare, supporting the private sector, and education. 2026-yil 17-18 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida TIV rahbari Yaponiyaning taniqli siyosatchisi, Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda parlament diplomatiyasining muhim o‘rni qayd etildi.
Shuningdek, Yaponiyaning neft, gaz va metallar sohasidagi strategik resurslar xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan “JOGMEC” korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takahara bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish va ushbu sohalarga ilg‘or yapon texnologiyalarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Mineral xomashyoni boyitish va qayta ishlash, metallurgiya mahsulotlari sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda 2030-yilgacha mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtirish, sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.