
Forum doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya va moliya institutlari bilan qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida Kimyo texnologiyalari markazi faoliyat boshladi, Jizzax viloyatida "Kia Sonet Prime" avtomobili va avtomobil kuzovi panellari, Farg‘ona viloyatida elektrotexnika mahsulotlari, Namangan viloyatida polimer buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent shahrida Milliy onkologiya markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilishi boshlandi.