
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yana-da mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.