
Respublika Kengashi Raisi ta’kidlaganidek, uch yarim o‘n yil ichida go‘zal, qadimiy tarixga ega mamlakat ulkan yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda O‘zbekiston keng ko‘lamli modernizatsiya, o‘z an’analarini asrab-avaylash va samimiy mehmondo‘stlikni uyg‘unlashtirgan yutuqlari bilan hayratga solmoqda. Belarus do‘st O‘zbekistonning davlatchilikni mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish borasidagi muvaffaqiyat va yutuqlarini samimiy olqishlaydi.