
Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.