Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirining birinchi o‘rinbosari Vitaliy Kulak bilan uchrashdi.
Muzokaralarning asosiy mavzusi agrosanoat majmuasida hududlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro savdosini diversifikatsiya qilish bo‘ldi.