O'zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elchixonasi
O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus Milliy majlisi Vakillar palatasi Raisi Igor Sergeyenko bilan uchrashdi.
Tomonlar parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy sheriklikni chuqurlashtirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.