O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Belarusning "Belaya Rus" partiyasi raisi Olga Chemodanova va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Vakillar palatasi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni faol kengaytirishdagi salohiyatdan foydalanish muhokamalarning asosiy mavzusi bo‘ldi.