
O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida Belarus Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Igor Dorofeychik ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar agrosanoat majmuasining asosiy tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va qadamlarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va tajriba almashish muhimligini ta’kidladilar.
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.