
O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida afg‘on yo‘nalishida amaliy hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus ikki tomonlama kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash va Afg‘oniston yo‘nalishidagi konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Maksim Rijenkov birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasiga tashrif buyurgan edi.