
Muloqot davomida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari, eksport salohiyati hamda kutilayotgan iqtisodiy natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Loyiha doirasida xo‘l mevalarni quritib qadoqlash, shuningdek, ular asosida shokolad mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Natijada mavjud ish o‘rinlari soni 50 tadan 200 tagacha oshirilib, kasanachilar soni 500 nafarga yetkaziladi. Tayyor mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvda mazkur loyihani amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. Shuningdek, korxonani qisqa muddatlarda ishga tushirish uchun barcha zaruriy amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirildi.