Uzbekistan - Belarus: opportunity to participate in Belarusian government procurement in light industry

2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida Belarus tomoni bilan mahalliy yengil sanoat korxonalari ishtirokida “onlayn-seminar” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbir Belarus universal tovar birjasi (BUTB) delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi tashrifi doirasida tashkil etilib, unda Agentlik rahbariyati hamda videokonferensiya orqali yetakchi mahalliy to‘qimachilik va charm mahsulotlari eksportyorlari uchun BUTB savdo platformasida mahsulotlarni sotish va sotib olish, Belarus davlat xaridlarida ishtirok etish masalalarini yoritish rejalashtirilgan.
Onlayn-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
– mahalliy, to‘qimachilik (ip-kalava, gazlama va trikotaj mato) va charmsanoat korxonalarini xalqaro hamkorlikka faol jalb qilish;
– Belarus bozoriga kirish istagidagi korxonalarga birja savdolari tizimida erkin ro‘yxatdan o‘tish va davlat xaridlari sessiyalarida ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatish ko'maklashish;
Ushbu tashabbuslar Belarus bozorida “Made in Uzbekistan” milliy brendini ilgari surish, logistika zanjirlarini qisqartirish, ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek davlat xaridlari sessiyalarida vositachilarsiz ishtirok etish orqali ishonchli va uzoq muddatli eksport shartnomalarini jalb etishga xizmat qiladi.
???? Sana: 2026-yil 2-aprel, 16:00da
???? O'tkazilish tartibi: Onlayn
???? Onlayn-seminar havolasi:https://us06web.zoom.us/j/82012870957?pwd=mdvHTkbFINLzlMaNLFesPt7gvlRoSs.1
Идентификатор конференции: 820 1287 0957
Код доступа: 2SkUn8
????Mazkur onlayn-seminarda ishtirok etish uchun, arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdipLSKvMzPHbCrrpc_E-VTMws5-wRrzbj9ZFOZG1833in73Q/viewform
✅ Joylar soni cheklangan.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling.
???? +998 (91) 889 54 52
???? https://gov.uz/oz/adli
https://t.me/adli_uz
facebook.com/adli.uz
https://instagram.com/adli_uz