O'zbekiston va Belarus o'rtasida hududlararo hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Belarus Respublikasi Gomel viloyati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Ivan Krupko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, sanoat mashinasozligi, qishloq xo‘jaligi va zargarlik tarmog‘ida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, Gomel viloyati bilan yog‘ochsozlik, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi texnikasi sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmining o‘sishi qayd etildi: 2025-yil yakunlariga ko‘ra Gomel viloyatining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 50 mln dollarni tashkil etdi, shu bilan birga joriy yilning yanvar oyida savdo aylanmasi 1,5 baravarga oshgani kuzatildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma "Chora-tadbirlar rejasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, yangi tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish uchun O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.