O'zbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 million AQSh dollariga teng bo'lgan 130,6 ming tonna tarvuz eksport qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.
O'zbekiston 2025-yilning 6 oyida eng ko'p tarvuz eksport qilgan davlatlar:
–Rossiya – 66 ming tonna;
–Qozog'iston – 44 ming tonna;
–Qirg'iziston – 19 ming tonna;
–Belarus – 968 tonna;
–Mo'g'uliston – 618 tonna;
–Latviya – 76 tonna;
–Gruziya – 66 tonna;
–Polsha – 61 tonna;
–boshqa davlatlar – 121 tonna.