O‘zbekiston va Belarus energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zatom” agentligi rahbariyatining 4-7-avgust kunlari Belarusga ishchi tashrifi ishlab chiqildi. Uning doirasida uyushtirilgan energetika vaziri D.Moroz bilan suhbat chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, D.Moroz energetika sohasidagi muloqot muntazam ravishda mustahkamlanib borayotganligi e’tirof etdi. O‘zbekistonning energetika tarmog‘i va infrastruktura tizimidagi jadal islohot va o‘zgarishlarni ijobiy baholadi. Bu borada belarus tomon amaliy bilim va texnologik ko‘nikmalar bilan o‘zaro almashishga tayyorligini bildirdi.
“O‘zatom” agentligi direktori A.Axmedxadjayev Davlatimiz Rahbari tomonidan sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, aniq maqsad va vazifalar belgilanligini ma’lum qildi. Ayni damda tarmoq islohotlarini samarali amalga oshirish maqsadida yetakchi davlatlar va hamkor mamlakatlarni ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish Agentlikning asosiy vazifasi bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha mavjud salohiyatdan keng foydalanishga, tashrif yakuni bo‘yicha Ishchi guruhni shakllantirishga va aniq maqsadlar asosida tegishli “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishga kelishib olishdi.
Tashrif dasturida GPO "Belenergo" dispetcherlik xizmati markaziy boshqaruv tizimi va Belarus AES o‘quv-mashg‘ulot markazi faoliyatini o‘rganish hamda BelAESni qurish va ishga tushirish loyihasi taqdimoti bilan tanishish, BelAES rahbariyati bilan muzokaralar va amaliy maslahatlashuvlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.