Qonunchilikni takomillashtirishda xorijiy tajriba o‘rganildi

18-fevral kuni O‘zbekistonning Belarus Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Bosh prokuratura, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy mafaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, IIV, Bojxona qo‘mitasi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari hamda Belarus davlatining soha mutaxassislari ishtirokida onlayn (ZOOM platformasi orqali) uchrashuv tashkil etildi.
Unda yangi paydo bo‘layotgan giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy muomalasi hamda suiiste’molini barvaqt oldini olish maqsadida vaqtinchalik taqiqlash yoki cheklash tartibi bo‘yicha Belarus Respublikasining qonunchilikdagi tajribasi o‘rganildi.
Bundan tashqari, ushbu mamlakatda aholiga sifatli narkologik xizmat ko‘rsatish va giyohvand bemorlarni reabilitatsiya qilish jarayoni yuzasidan ham fikr almashildi.
