Minskda bo'lib o'tgan tadbir O'zbekiston hayotidagi muhim siyosiy voqeaga bag'ishlandi

Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo'lib o'tadigan saylovga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi, unda Belarusning yetakchi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo'lib o'tadigan saylovlar mamlakatimizning yanada demokratik rivojlantirish yo'lidagi muhim bosqich ekani ta'kidlandi. Saylov tizimini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan innovatsion o'zgarishlar joriy etilayotgani, bu esa saylovlarning yanada samarali, shaffof va inklyuziv o'tishini ta'minlashi qayd etildi.
Yig'ilganlar e'tiboriga O'zbekiston siyosiy partiyalarining dasturlari, ularning mamlakatimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jabhalarida tutgan o'rni hamda ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Talabalarning e'tibori mamlakatimiz kelajagi ularning bo'lajak saylovdagi faol ishtirokiga bog'liqligi, "Mening tanlovim – obod Vatanim" shiori O'zbekistonning demokratik davlat tuzilishiga sodiqligini, fuqarolar huquq va erkinliklarini kengaytirishga intilishidan dalolat berishiga qaratildi.