24.07.2024 O'zbekistoning Navoiy viloyatidan tibbiyot xodimlari delegatsiyasi Vitebskga yetib keldi.
25 iyul kuni belarus hamkasblar bilan Vitebsk viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Mixail Vishnevetskiy bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muloqot davomida Belarus-O'zbekiston tibbiyot forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga to'xtalib o'tildi, Vitebsk va Navoiy viloyatlari o'rtasida tibbiy hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.
Uch haftalik tashrif davomida delegatsiyamiz viloyat aholisiga tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha ishlarni tashkil etish bilan tanishishi, amaliyot o'tashlari, mahorat darslarida qatnashishlari, sog'liqni saqlash sohasidagi amaliy tajriba va tomonlarning yutuqlarini muhokama qilishlari mumkin.