O'zbekistonning Belarusdagi elchixonasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlagan ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Adabiy kechada Belarusda yashayotgan va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar qatnashdi.
Ularga Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning jahon adabiyotiga qo'shgan ulkan hissasi to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Talabalar tomonidan Navoiy g'azallari va ruboiylaridan namunalar o'qildi.