Geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va shaffof mexanizmlar asosida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani

Matbuot anjumanida Strategik rivojlantirish va investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi B.Mamatov, Mahalliylashtirish loyihalarini monitoring qilish, noyob, texnologik va qora metallurgiyani rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi I.Jumayev, “Yer qaʻridan foydalanish markazi” DM boʻlim boshligʻi Sh.Yakubov va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda vazirlik mutasaddilari tomonidan geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va shaffof mexanizmlar asosida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʻlumot berildi. Jumladan, vazirlik boshqarma boshligʻi B.Mamatov soʻnggi yillarda, geologiya sohasida investitsiyalarni jalb qilish va uning jozibadorlikigini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, chet el investitsiyalarini keng jalb qilgan holda foydali qazilma konlarini sanoat usulida oʻzlashtirish, zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida geologiya-qidiruv ishlarini ragʻbatlantirish hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibi yanada takomillashtirilganini taʼkidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-yilgi Investitsiya dasturiga asosan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan 15 ta loyiha doirasida qiymati 175 mln dollarlik investitsiyalar oʻzlashtirilishi kutilmoqda. Mazkur loyihalar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.
Xususan:
- "Kuljuktov" togʻ massivini geologik oʻrganish va aniqlangan konlarni oʻzlashtirish loyihasi doirasida 25 mln dollar;
- "Qaratogʻ" va "Boshtovoq" istiqbolli maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish loyihasi doirasida 24 mln dollar;
- "Shimoliy" va "Janubiy Djengeldi" maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va aniqlangan konlarni oʻzlashtirish loyihasi doirasida 17 mln dollar shular jumlasidan.
Vazirlik boshqarma boshligʻi I.Jumayev yirik kon-metallurgiya kombinatlarida mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan quyidagini bayon etdi.
2023-yilda import hajmi jami 930,2 mln dollarni tashkil etadi yoki 2021-yilga (1 318,7 mln dollar) nisbatan 30 foizga qisqargan. Bunda, “Navoiy KMK” AJda 202,3 mln dollar boʻlib, 19 foizga (2021-yilda 248,6 mln dollarni tashkil etgan), “Olmaliq KMK” AJda 477,0 mln dollar boʻlib, 39 foizga (2021-yilda 788,1 mln dollarni tashkil etgan), “Oʻzmetkombinat” AJda 250,9 mln dollar boʻlib, 11 foizga qisqargan (2021-yilda 282,0 mln dollarni tashkil etgan).
“Yer qaʻridan foydalanish markazi” DM vakili 2023-yilda 567 ta (geologik qidiruv ishlariga 142 ta, qazib olishga 425 ta) ruxsatnomalar berilib, shundan 253 ta obyekt auksionga (101 ta ruxsatnoma berilib, jami 8,6 mlrd soʻm toʻlovlar amalga oshirildi) qoʻyilgani, strategik turdagi qazilmalardan jami 139 ta obyekt auksionga qoʻyilgani, shundan 87 ta (geologiya-qidiruv ishlariga 52 ta, qazib olishga 8 ta) ruxsatnomalar berilgani (355 mlrd soʻm realizatsiya qilindi), (2023-yilda 28 ta), shundan 2023-yilda 15 ta ruxsatnomalar (geologik qidiruv ishlariga 13 ta, qazib olishga 2 ta) ruxsatnoma berilib, jami 170,1 mlrd soʻm toʻlovlar amalga oshirilganini maʻlum qildi.
Shu bilan birga oltin izlovchilar usulida faoliyatni amalga oshirishga jami 305 ta obyekt auksionga qoʻyilgan, shundan 302 ta ruxsatnomalar berilgan (29,7 mlrd soʻmga realizatsiya qilindi), shundan 2023-yilda 35 ta ruxsatnoma berilib (7,5 mln soʻm toʻlovlar toʻliq amalga oshirildi). Noruda xomashyosidan foydalanishga jami 1 377 ta obyekt auksionga qoʻyilgan, shundan 954 ta (geologiya-qidiruv ishlariga 590 ta, qazib olishga 364 ta) ruxsatnomalar berilgan (43,4 mlrd soʻmga realizatsiya qilindi).
Shuningdek, matbuot anjumaniida spikerlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berishdi.