Minskda Belarus she'riyatining klassikasi Yakub Kolasga bag'ishlangan ekspozitsiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Minsk, 31 oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ulug' Vatan urushi tarixi Belarus davlat muzeyida shoir Yakub Kolas tavalludining 140 yilligiga bag'ishlangan "Apalena zolak" ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekistonning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov so'zga chiqib, "Yakub Kolas nafaqat Belarus shoiri, balki u bizning ham shoirimizdir. Kolasning o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlarini o'qishdan mamnunmiz. Yakub Kolas Belarus va O'zbekiston xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish uchun ko'p ish qildi. Biz u bilan faxrlanamiz va uning mamlakatimizdagi faoliyatini yoritishda davom etamiz va shu tariqa O'zbekiston va Belarusning do'stona xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiramiz".
1941 yil avgustdan 1943 yil noyabrgacha Yakub Kolas oilasi bilan Toshkentda yashagan. "Yakub Kolas O'zbekistonda bo'lganida, u bu erning go'zalligiga maftun bo'lgan. Do'sti, asarlarning rus tiliga tarjimoni Sergey Gorodetskiyga Kolas shunday deb yozgan edi: "men o'z ko'rki va nazmiga o'zga olamga tushib qoldim". "Klassik O'zbekistonda yashaydi va ishlaydi, ammo uning qalbi Belarusda. Kolas har kuni frontdan voqealarni tinglash uchun radio markaziga boradi", dedi Yakub Kolas Davlat adabiy va yodgorlik muzeyi fondlarining bosh saqlovchisi, yozuvchining chevarasi Vasilina Mitskevich.
Shoir muzeyi fondlarida xaritalar saqlanib qolgan, unda u o'z qo'li bilan oldingi chiziqlar va ularning harakatlarini chizgan. "Yakub Kolas frontda sodir bo'layotgan voqealardan doimo xabardor bo'lib turdi, chunki o'g'li Yurka, 1942 yilda vafot etgan eng yaqin do'sti Yanka Kupala hamda og'ir hasta bo'lgan rafiqasidan juda havotirlangan. Yakub Kolasning epistolyar merosini o'qiyotganingizda, ikkinchi jahon urushi voqealari uning yuragida qanday o'tkir og'riqlarga duch kelganini tushunasiz. Shoir do'stlariga qanday qilib ozod qilingan Belarsga borishni, u erda qo'ziqorinlarni terishini orzu qilganini yozgan, chunki Kolas yig'ishni juda yaxshi ko'rgan oq zamburug' uning uchun Vatan ramzi bo'lgan", - deya qo'shimcha qildi Vasilina Mitskevich.