Bugun Minskda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatidagi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.
Tadbir doirasida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ko'p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqdi. Qayd etilishicha, "yashil" energiya, suv tanqisligi va ekologik muammolar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.