-
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2026-09-24 284Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim – dedi davlatimiz rahbari.
Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
-
O‘zbekiston uchun yangi investitsiya eshiklari ochilmoqda
2026-09-23 287O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHga tashrifi doirasida AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashdi
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi
2026-09-23 321Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. -
Minskda O‘zbekiston–Belarus to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi
2026-09-23 309Minsk shahrida ikki mamlakat yetakchi ishlab chiqaruvchilari va ishbilarmon doiralari ishtirokida yirik to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi hamda B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning yuqori sifatli tekstil mahsulotlarini Yevropa va MDH bozorlariga eksport qilish hajmini oshirish hamda ikki tomonlama kooperatsiyani kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
-
BDPU va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2026-09-23 307Belarus davlat pedagogika universitetida (BDPU) rektor Aleksandr Ivanovich Juk bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan 2017-yildan buyon rivojlanib kelayotgan samarali hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi. Ikki tomonlama munosabatlarning uzviy davomi sifatida, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Jizzax, Samarqand, Namangan davlat pedagogika institutlari hamda Navoiy davlat universiteti bilan yangi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul yo‘lga qo‘yildi.
Istiqbolda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini kengaytirish, talabalar va o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish, shuningdek, inklyuziv ta’lim, psixologiya va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, O‘zbek madaniyati markazi orqali gumanitar aloqalarni mustahkamlash va BDPU negizida o‘zbekistonlik pedagog kadrlar uchun stajirovkalarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zaro tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan. -
Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xodjayev bilan istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi
2026-09-23 295Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandr Valerevich Xodjayev bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, jumladan zamonaviy texnologiyalar va tajriba almashinuvini kuchaytirish, tibbiy ta’lim yo‘nalishida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
-
Ўзбекистон узоқ муддатли халқаро бизнес учун барқарор ва башорат қилинадиган ҳамкор мақомини ишончли тарзда мустаҳкамламоқда.
2026-09-23 262Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Хива шаҳрида мамлакатимиз тадбиркорлари билан ўтказилган Очиқ мулоқотда илгари сурган ташаббуслари
-
Minsk texnoparkida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishildi
2026-09-22 283Uchrashuvlar davomida innovatsion loyihalar bilan tanishilib, ularni O‘zbekistonda hamkorlikda mahalliylashtirish muhokama qilindi, mazkur yo‘nalishda aniq bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
-
To‘raqo‘rg‘on xurmolari Yevropaga eksport qilinmoqda
2026-09-22 248Gilos va uzum yetishtirishda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan to‘raqo‘rg‘onlik sohibkorlar keyingi yillarda xurmochilikda ham ilgarilab ketdi. Bugungi kunda tumandagi 64 ta mahallaning 48 tasida aholi shu mevaning asl bog‘boniga aylangan.
-
O‘zbekiston Prezidenti yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqdi
2026-09-22 318Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi