-
Milliy mahsulot va brendlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi
2026-09-29 191O‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun milliy mahsulot va brendlarni xorijiy davlatlarda huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan milliy mahsulotlar va brendlarni xorijiy vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 100 foizgacha qoplab beriladi.
Quyidagi xarajatlar qoplanishi mumkin:
-tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, amal qilish muddatini uzaytirish, hududiy qamrovini kengaytirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari;
-huquqiy va maslahat xizmatlari;
-hujjatlarni tarjima qilish va rasmiylashtirish;
-tovar belgilari va brendlarga oid hujjatlar hamda namunalarni xorijiy vakolatli organlarga yetkazib berish bilan bog‘liq pochta va logistika xarajatlari.Qoplash miqdori — xarajatlarning 100 foizigacha, biroq bir tadbirkorlik subyekti uchun bir kalendar yilida 20 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda.
Ushbu imkoniyat tadbirkorlarga o‘z brendlarini xorijiy bozorlarda huquqiy jihatdan himoya qilish, eksport faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirish va “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.
-
Farg‘ona vodiysi tinchlik umumiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar yaratadigan makonga aylanishi lozim
2026-09-29 227Xo‘jandda “Farg‘ona vodiysi: tinchlik, ishonch va farovonlik makoni” mavzusida ikkinchi Farg‘ona tinchlik forumi bo‘lib o‘tmoqda
-
Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Olimpiya chempionlari bilan uchrashdi
2026-09-29 233Davlatimiz rahbari shaxmatchilarni Samarqand Olimpiadasidagi g‘alabasi bilan tabriklab, jamoaning tarixiy oltin medaliga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
-
Минскда МДҲ Доимий вакиллари кенгашининг йиғилиши бўлиб ўтди
2026-09-29 296Tadbirda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev va Belarus Aloqa vaziri Kirill Zaleskiy ishtirokida “MDH tashkil etilganining 35-yilligi”ga bag‘ishlangan badiiy konvert va markani rasmiy tamg‘alash marosimi o‘tkazildi
-
O‘zbekiston va Belarus parlament rahbarlari Xivada uchrashdi
2026-09-29 209Xiva shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlanib, mamlakatlar suverenitetini himoya qilish, an’anaviy qadriyatlarni asrash va milliy iqtisodiyotni mustahkamlash ustuvor vazifalar etib belgilandi. Muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini to‘liq ta’minlashga kelishib olindi.
-
Farg‘ona va Minsk viloyatlari hamkorligi kengaymoqda
2026-09-28 230Farg‘ona va Minsk viloyatlari o‘rtasida savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizm sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar imzolandi
-
Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha beshinchi Samarqand forumining yuqori darajadagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-09-28 236Inson huquqlari bo‘yicha beshinchi Samarqand forumining tantanali ochilish marosimidan so‘ng O‘zbekiston poytaxtida inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
-
“Tochka.by” portali ta’sischisi bilan uchrashuv
2026-09-28 245Belarusning “Tochka.by” portali ta’sischisi Igor Mixaylovich Ruban bilan bo‘lib o‘tkan muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni Belarus media makonida faol yoritish hamda qo‘shma media-loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
-
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashdi
2026-09-28 217Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA prezidenti Muhammad bin Zoid bilan savdo, iqtisodiyot va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
-
“Liplast-SPB” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘ldi
2026-09-28 256Belarusning “Liplast-SPB” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi