-
Mirziyoyev ishchi tashrif bilan Turkmanistonga yetib keldi
2026-10-07 179O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etish uchun Turkmanboshiga yetib keldi.
-
«Марказий Осиё туризм ҳалқаси»нинг ташкил этилиши минтақавий ҳамкорлик учун янги имкониятлар очади.
2026-10-07 207Марказий Осиё минтақавий туризм маконини шакллантириш учун ўзига хос афзалликларга эга.
-
Belarus o‘qituvchilari va murabbiylarini O‘qituvchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
2026-10-04 277Pedagog va murabbiyning sharafli va olijanob mehnati hamisha alohida hurmatga sazovor bo‘lgan. Yosh avlodni tarbiyalash, ularga bilim berish, ezgulik va adolatni o‘rgatish, ularning hayot yo‘lini boshlashlariga ko‘maklashishdek muhim vazifa sizga topshirilgan!
Sizga mustahkam sog‘lik, baxt, ilhom, o‘quvchilar mehri va minnatdorchiligini tilaymiz!
Hurmat bilan
O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi
Belarus Respublikasida
-
Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Daniya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi.
2026-10-03 292Oʻzbekiston—Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili Daniyaga Oʻzbekistonning qarorgohi Stokgolm shahrida boʻlgan ilk elchisi tayinlandi. Joriy yilda Daniya Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakilini tayinladi.
Soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar oshdi. Daniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekistonda togʻ-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, suv taʼminoti hamda boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, Daniya investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boshqa istiqbolli yoʻnalishlarga jalb etish muhimligi taʼkidlandi.
Taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish uchun institutsional va shartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
-
Minskda “INNOPROM. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi
2026-10-01 282Belarus poytaxti Minsk shahrida “INNOPROM. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi hamda yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmaning umumiy maydoni qariyb 20 000 kvadrat metrni tashkil etib, unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlarining eng zamonaviy sanoat texnologiyalari va innovatsion ishlanmalari namoyish etilmoqda.Xalqaro iqtisodiy platformada mezbon Belarus Respublikasidan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Kambodja kabi davlatlarning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari faol ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro manfaatli yangi hamkorlik kelishuvlarini imzolash ko‘zda tutilgan.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-09-30 268Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi (https://president.uz/oz/lists/view/9678) hamda ta’lim sohasiga oid yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbirda tantanali ravishda davlat mukofotlari topshirildi.
-
Xiva deklaratsiyasi - O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning strategik yo‘nalishi va huquqiy poydevoridir
2026-09-30 233Xiva deklaratsiyasi - O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning strategik yo‘nalishi va huquqiy poydevoridir.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga murojaati
2026-09-30 316Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga murojaati (https://dunyo.info/uz)
-
“Innoprom. Belarus”: Xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar kengaytirilmoqda
2026-09-30 312“Innoprom. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida xorijiy hamkorlar bilan sanoat, texnologiya va investitsiya sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.
-
Xivada O‘zbekiston va Belarus parlamentlararo forumi boshlandi
2026-09-29 201Bugun 29-sentyabr kuni Xiva shahrida “Strategik sheriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, yangi vazifalar va hamkorlik istiqbollari” mavzusida To‘rtinchi O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo forumi boshlandi.
29-30-sentyabr kunlari bulib o‘tadigan tadbir doirasida parlamentlararo komissiya majlisi, mahalliy vakillik organlari va yoshlar parlamentlari uchrashuvlari hamda O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes-forumi tashkil etiladi.Forumning asosiy yo‘nalishlari va muhokama mavzulari:
-Parlamentlararo hamkorlik: Ikki davlat parlamentlari palatalari rahbarlari, hukumat va vazirliklar vakillari ishtirokidagi yalpi majlisda bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, oliy ta’lim, fan, innovatsiyalar, ijtimoiy himoya, ona va bola salomatligi hamda tadbirkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
-Biznes-forum (ayollar tadbirkorligi): To‘rtta sho‘ba yig‘ilishida sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar, mehnat salohiyati, agrosanoat va oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiyalar, gumanitar soha va turizmdagi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda.
-Ko‘rgazma: Ikki mamlakatning “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” brendlari ostidagi milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.