-
O‘zbekiston va Belarus qonunchilik monitoringi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
2026-10-14 223Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Belarus Milliy qonunchilik va huquqiy axborot markazi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi. Tomonlar qonunchilik monitoringi va huquqiy axborot tizimlarini birgalikda rivojlantirishni maqsad qilgan.
-
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va Belarus bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari Minskda taqdim etildi
2026-10-13 201O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va Belarus bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari Minskda taqdim etildi
-
Mirziyoyev OHICHK sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga boradi
2026-10-13 237Mirziyoyev OHICHK sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga boradi
-
P.M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universitetida Andijon viloyatining to‘rtta yetakchi oliy ta’lim muassasasi vakillari uchun stajirovka dasturi boshlandi
2026-10-13 227Ushbu loyiha Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvlari doirasida tashkil etildi. Unda O‘zbekistondan 40 nafarga yaqin o‘qituvchi va talabalar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, talabalar uchun mahorat darslari, qo‘shma loyihalar va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
Vitebskda konsullik qabuli
2026-10-13 148O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillari Vitebsk viloyatiga xizmat safari davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning mehnat va yashash sharoitlari o‘rganildi. Ish beruvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi, fuqarolarga konsullik ro‘yxatidan o‘tish tartiblari tushuntirildi hamda favqulodda vaziyatlarda Elchixona bilan bog‘lanish uchun tezkor aloqa raqamlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida hamyurtlarimizga xorijda qonuniy bo‘lib turish qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. -
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
2026-10-12 173O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
-
Қадрли Беларусь Республикаси маданият ходимлари!
2026-10-11 179Сизларни Маданият ходимлари куни билан чин қалбдан табриклаймиз!
Сиз инсонлар ва халқлар ўртасида ҳақиқий кўприк қурувчиларсиз, уларга қувонч, уйғунлик ва ёрқин ҳис-туйғулар улашасиз! Ҳаётимизни янада қувончли, гўзал ва маънавий бой қилганингиз учун сиздан миннатдормиз!
Сизга илҳом, ижодий равнақ ва катта эътироф тилаймиз! -
Lida tumani sanoat korxonalari bilan yangi rejalar belgilab olindi
2026-10-10 227Lida tumani sanoat korxonalari bilan yangi rejalar belgilab olindi
-
27–29-oktabr kunlari Toshkentda “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
2026-10-09 175Ko‘rgazmada 16 ta mamlakatdan 150 dan ortiq eksponent ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir doirasida “Resurslardan – global imkoniyatlar sari” shiori ostida “8-O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2026” o‘tkaziladi -
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:
2026-10-09 270“Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”;
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”;
Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi;
Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;
Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi;
Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi;
Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi;
Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;
Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi;
Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi;
Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi;
Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi;
“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi;
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi.