-
Özbekistonning Belarusdagi Elçixona dilomatlari Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida bölib, uşbu oliygohda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar bilan uçraşdi
2026-10-22 17621-oktyabr – Özbek tili bayrami kuniga bağişlangan mazkur taşrif doirasida diplomatlar universitet rahbariyati bilan rasmiy uçraşuv ötkazdilar. Tadbir davomida özbek tilining boy tarixi va madaniy ahamiyati alohida qayd etilib, talabalar tomonidan tayyorlangan bayram videoroligi namoyiş etildi. Universitet rahbariyati özbek talabalarining uşbu taşabbusini yuqori baholab, bu kabi tadbirlar oliygoh va Özbekiston ta’lim muassasalari örtasidagi köp yillik akademik hamkorlikning gözal an’anasiga aylanişini ta’kidladi
-
Samarqandda O‘zbekiston va Belarus Bosh vaziri o‘rinbosarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-10-22 2342026-yil 21-oktyabr kuni Samarqanddagi Butunjahon sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Natalya Petkevichni qabul qildi. Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoya hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
-
Биринчи Президент мақбараси зиёрат қилинди
2026-10-18 195Давлатимиз раҳбари Самарқандга ташрифи давомида Ҳазрати Ҳизр мажмуасига бориб, мамлакатимизнинг Биринчи Президенти Ислом Каримов мақбарасига гул қўйди.
-
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДАН БЕЛАРУСЬ РЕСПУБЛИКАСИГА КЕЛАЁТГАН ЙЎЛОВЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!
2026-10-17 237Беларусь Республикасига нақд пул олиб кириш қоидалари
-
Ўзбекистон Беларусда йирик чорвачилик мажмуасини барпо этади
2026-10-16 219Андижон вилояти ҳокимлиги ҳамда тадбиркорлари ташаббуси билан Беларуснинг Витебск вилояти Городок туманида 4 минг бош қорамолга мўлжалланган
-
Mehr tafti ila yo‘g‘rilgan ayyom: Belarusda Onalar kuni muborak!
2026-10-14 220Muhtaram onajonlar va aziz opa-singillar!
Bugun Belarus zaminida oltin kuzning eng fayzli va yuraklarga iliqlik ulashuvchi bayrami - Onalar kuni nishonlanmoqda. Sizlarni ushbu qutlug‘ va sharafli ayyom bilan chin qalbdan qutlaymiz.
Belarusda bu kun bejiz kuzning ayni shu pallasiga tanlanmagan. Chunki tashqarida kuz havosi bo‘lsa-da, onalarimizning tabassumi va mehri har qanday qalbni bahordek isitishga qodir. Ona borki - hayot go‘zal, oilalar mustahkam, xonadonlar nurafshondir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
-
O‘zbekiston va Belarus favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
2026-10-14 228Ikki tomonlama muzokaralar davomida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Vadim Sinyavskiy bilan xavfsizlikni ta’minlash, tizim uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuvda qutqaruv tizimlarini zamonaviylashtirish va inqirozli vaziyatlarda tezkor harakat qilish salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar yakunida tomonlar har ikki davlat aholisining osoyishtaligi va xavfsizligini kafolatlash yo‘lida kelgusida ham birgalikda tizimli hamda faol ish olib borish muhimligini qat’iy ta’kidladilar.
-
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv (https://president.uz/oz/lists/view/9718) oʻtkazdi.
2026-10-14 303Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.