-
Xivada O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi o‘tkaziladi
2026-09-21 29329–30-sentyabr kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga tayyorgarlik masalalari Belarus Respublikasi Milliy majlisi Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Forum doirasida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama etiladi. Tadbir doirasida qator kelishuvlar va tijorat shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan. -
Belarusning “Saprovit” o‘g‘iti O‘zbekistonda ishlab chiqariladi
2026-09-20 323Vitebsk viloyati Chashniki tumaniga tashrif davomida “Chashnik o‘g‘it ishlab chiqarish zavodi” MCHJ quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Sapropel asosidagi organik va “Saprovit” gumin o‘g‘itlarini o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston bozori uchun mahalliylashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
-
Vitebsk viloyatida O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi chorvachilik loyihalari o‘rganildi
2026-09-20 286Shumilin va Liozno tumanlarida o‘zbek kapitali ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik chorvachilik loyihalari “Beland Chorva” va “Andijon ChorvaO‘z” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2026-09-19 314Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
-
Madaniyatlar chorrahasida: Yakub Kolas muzeyi Minsk va Toshkentni birlashtirdi
2026-09-18 296Minsk shahridagi Yakub Kolas davlat muzeyida Belarus xalq shoirining chevarasi Vasilina Mitskevich ishtirokida madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yakub Kolas ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy do‘stlik uchun mustahkam poydevor yaratgani alohida ta’kidlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentdan boshpana topgan adib o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va mehmondo‘stligidan ilhomlanib, turkum she’rlar yaratgan edi.
Bugungi kunda shoirning ijodi va boy merosi Minsk va Toshkentni birlashtiruvchi haqiqiy “xalq diplomatiyasi”ning jonli namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
-
Xalqaro diplomatiya va biznes: O‘zbekiston va Turkiyaning Belarusdagi elchilari iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
2026-09-18 296Belarus Respublikasida diplomatik va iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va yuqori darajadagi konstruktiv ruhda o‘tgan muzokaralarda asosiy e’tibor ikki qardosh davlatning Belarusdagi savdo-iqtisodiy ishtirokini kengaytirish va qo‘shma biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
-
Qoraqalpog‘istonda $7,6 mlrdlik loyihalar ishga tushirildi
2026-09-18 289Qoraqalpog‘istonda 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi va 7 milliard dollarlik yana 47 ta loyiha qurilishi boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi doirasida obyektlarni ishga tushirish va qurilish ishlarini boshlash marosimida ishtirok etdi.
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik va investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaxshilandi. Respublikaning yalpi hududiy mahsuloti 2016-yildagi 8,5 trillion so‘mdan 2026-yil boshiga kelib 54 trillion so‘mdan oshdi. Xususiy sektorning ishlab chiqarishdagi ulushi 66 foizga yetdi, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2,5 barobarga oshib, 26,5 mingtaga yetdi.
To‘qqiz yil ichida yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish uchun viloyatga 5 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritildi. 2026-yil oxirigacha xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Xorijiy va qo‘shma korxonalar soni 2018-yilga nisbatan 2,2 barobar ko‘payib, 271 taga yetdi.
-
Negotiations were held in Tokyo with the President of the Japan International Cooperation Agency (JICA), Akihiko Tanaka. An exchange of views took place on accelerating projects within the framework of the Cooperation Program until 2030, expanding cooperation in healthcare, supporting the private sector, and education. 2026-yil 17-18 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyurdi
2026-09-18 271Tashrif doirasida TIV rahbari Yaponiyaning taniqli siyosatchisi, Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda parlament diplomatiyasining muhim o‘rni qayd etildi.
Shuningdek, Yaponiyaning neft, gaz va metallar sohasidagi strategik resurslar xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan “JOGMEC” korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takahara bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish va ushbu sohalarga ilg‘or yapon texnologiyalarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Mineral xomashyoni boyitish va qayta ishlash, metallurgiya mahsulotlari sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda 2030-yilgacha mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtirish, sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
-
MDH Iqtisodiy sudi raisi German Nurbayev bilan tanishuv uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-09-18 290MDH Iqtisodiy sudi raisi German Nurbayev bilan tanishuv uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Veloche” MCHJ rahbariyati bilan istiqbolli rejalar belgilab olindi
2026-09-18 281“Veloche” MCHJ rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida amaldagi hamkorlik holati ko‘rib chiqilib, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish masalalari kelishildi.