-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
2026-09-15 31Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;
Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;
Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;
Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.
-
O‘zbekiston – Koreya biznes forumi
2026-09-15 19Forum doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya va moliya institutlari bilan qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida Kimyo texnologiyalari markazi faoliyat boshladi, Jizzax viloyatida "Kia Sonet Prime" avtomobili va avtomobil kuzovi panellari, Farg‘ona viloyatida elektrotexnika mahsulotlari, Namangan viloyatida polimer buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent shahrida Milliy onkologiya markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilishi boshlandi.
-
Евроторг” МЧЖ таъсисчиси Александр Иванович Литвин билан учрашув бўлиб ўтди.
2026-09-15 48Учрашув давомида икки томонлама савдо-иқтисодий ҳамкорликни ривожлантириш, ўзаро манфаатли лойиҳаларни амалга ошириш ҳамда ҳамкорликнинг истиқболли йўналишлари муҳокама қилинди.
-
Minsk erkin iqtisodiy zonasi ma’muriyati rahbari Kalinin Anatoliy Nikolayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-09-15 51Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, Minsk erkin iqtisodiy zonasi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik tarixida muhim bosqich bo‘ldi
2026-09-15 25Nihoyatda sermazmun dastur ilk daqiqalardanoq O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga nisbatan samimiy mehmondo‘stlik, yuksak ehtirom va chuqur hurmat ruhida o‘tdi
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi
2026-09-14 60Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
-
Belarus Savdo-sanoat palatasi raisi Mixail Myatlikov bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-09-14 58Muloqot chog‘ida tomonlar yaqin istiqboldagi eng muhim qo‘shma biznes tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini atroflicha muhokama qildilar. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqish va jadallashtirishga qaratilgan aniq amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi
-
O‘zbekiston va Koreya: yashil energiya va yangi texnologiyalarni rivojlantirish
2026-09-14 41So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik yangi strategik o‘lcham kasb etmoqda.
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasiga keldi
2026-09-13 81Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.
-
Prezidentimiz Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
2026-09-13 80Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi.