-
“Liplast-SPB” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘ldi
2026-09-28 256Belarusning “Liplast-SPB” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
-
Belarus davlat aviatsiya akademiyasida (BGAA) ta’lim, hamkorlik va sohani rivojlantirish masalalarida uchrashuv tashkil etildi.
2026-09-25 302Uchrashuv davomida aviatsiya sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari akademiyaning moddiy-texnik bazasi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida tomonlar kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashinuvini faollashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar. -
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida temir yo‘l transporti hamda transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-09-24 298Belarus temir yo‘li boshlig‘i Valeriy Verenich bilan uchrashildi. Tomonlar hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning joriy holatini muhokama qildi hamda yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qushma sanoat loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
-
Belarus Jurnalistlar yushmasi azolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2026-09-24 311Belarus Jurnalistlar yushmasi azolari - “Minsk-yangiliklari”, MTRK “MIR”, “BELTA” va “STV” kabi tashkilot jamoat akhborot rahbariyati bilan “davra suhbati” bulib o'tdi.
Dustona ruhda o'tgan muloqotda ikki mamlakat media so'zidagi alokalarni mustakamlash, hisoblash transformation, sokhta akhborotlarga qarshi kurashish va media savodhonlikni sozlash masalalari muxokama qilish. Birgalikda kerakli axborotlarni tark etib borishga kelishildi.
Tadbir doirasida Qudratilla Rafiqovning “Millat Shavkati” asari takdim kilindi. Ushbu asar ishtirokchilarda katta qizikish uyg'otdi va ikki xalq o'rtasidagi madaniy-marifiy aloqalarni yangi boskichga ko'tarishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan takidlandi. -
Minskda O‘zbekiston–Belarus to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi
2026-09-23 309Minsk shahrida ikki mamlakat yetakchi ishlab chiqaruvchilari va ishbilarmon doiralari ishtirokida yirik to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi hamda B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning yuqori sifatli tekstil mahsulotlarini Yevropa va MDH bozorlariga eksport qilish hajmini oshirish hamda ikki tomonlama kooperatsiyani kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
-
BDPU va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2026-09-23 307Belarus davlat pedagogika universitetida (BDPU) rektor Aleksandr Ivanovich Juk bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan 2017-yildan buyon rivojlanib kelayotgan samarali hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi. Ikki tomonlama munosabatlarning uzviy davomi sifatida, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Jizzax, Samarqand, Namangan davlat pedagogika institutlari hamda Navoiy davlat universiteti bilan yangi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul yo‘lga qo‘yildi.
Istiqbolda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini kengaytirish, talabalar va o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish, shuningdek, inklyuziv ta’lim, psixologiya va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, O‘zbek madaniyati markazi orqali gumanitar aloqalarni mustahkamlash va BDPU negizida o‘zbekistonlik pedagog kadrlar uchun stajirovkalarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zaro tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan. -
Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xodjayev bilan istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi
2026-09-23 295Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandr Valerevich Xodjayev bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, jumladan zamonaviy texnologiyalar va tajriba almashinuvini kuchaytirish, tibbiy ta’lim yo‘nalishida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
-
Minsk texnoparkida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishildi
2026-09-22 283Uchrashuvlar davomida innovatsion loyihalar bilan tanishilib, ularni O‘zbekistonda hamkorlikda mahalliylashtirish muhokama qilindi, mazkur yo‘nalishda aniq bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
-
Xivada O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi o‘tkaziladi
2026-09-21 29329–30-sentyabr kunlari Xiva shahrida O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga tayyorgarlik masalalari Belarus Respublikasi Milliy majlisi Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Forum doirasida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama etiladi. Tadbir doirasida qator kelishuvlar va tijorat shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan. -
Belarusning “Saprovit” o‘g‘iti O‘zbekistonda ishlab chiqariladi
2026-09-20 323Vitebsk viloyati Chashniki tumaniga tashrif davomida “Chashnik o‘g‘it ishlab chiqarish zavodi” MCHJ quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Sapropel asosidagi organik va “Saprovit” gumin o‘g‘itlarini o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston bozori uchun mahalliylashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.